Ответы 1
Ответ:„Hamlet“ (ayrim manbalarda rus tili taʼsirida Gamlet oʻlaroq yoziladi) (inglizcha: Hamlet), toʻliq nomi „Daniya shahzodasi Hamlet tragediyasi“ (inglizcha: The Tragedy of Hamlet, Prince of Denmark) — William Shakespeare 1599–1602-yillar oʻrtasida yozgan tragediya. Pyesadagi hodisalar Daniya qirolligida sodir boʻladi. Hamletning otasi Qirol Hamletning ruhi oʻgʻlini amakisi Claudiusdan (Klavdiy) oʻch olishga chorlaydi. Claudius oʻz akasini oʻldirib, taxtni qoʻlga kiritgan boʻladi va akasining bevasiga uylanadi. „Hamlet“ Shakespearening eng uzun pyesasi boʻlib, ingliz adabiyotidagi eng kuchli va taʼsirli tragediyalardan biri hisoblanadi. Pyesa koʻp marta qayta hikoya qilingan, oʻzgartirilgan. „Hamlet“ Shakespeare tirikligidagi eng mashhur pyesalardan biri boʻlib, hozirgi kunda ham muallifning eng koʻp sahnalashtirilgan asarlaridan biridir.
Объяснение:
ответы на свои вопросы
вопросы?